Imo-ishoraga ham rasmiy til maqomi beriladimi?

Rus tilida: http://uzsd.uz/ru/%d0%b1%d1%83%d0%b4%d0%b5%d1%82-%d0%bb%d0%b8-%d0%bf%d1%80%d0%b8%d1%81%d0%b2%d0%be%d0%b5%d0%bd-%d1%81%d1%82%d0%b0%d1%82%d1%83%d1%81-%d0%b3%d0%be%d1%81%d1%83%d0%b4%d0%b0%d1%80%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%b5/

Yaqinda Ozarbayjon karlar jamiyati raisi Kamran Abasov o‘z postida Ozarbayjonda imo-ishora tiliga rasmiy til maqomi beriladi, mehnat qilishda davom etamiz, deb post qo‘yibdi.

www.oxu.az manbasining xabar qilishicha, Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi hamda Ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda «Nogironlarning huquqlari to‘g‘risida Ozarbayjon Respublikasi qonuniga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida» qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Hujjatning maqsadi – eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning hyech qanday to‘siqsiz ma’lumot olishi, ularning o‘z nuqtai nazari va e’tiqodlarini erkin ifoda etish, shuningdek, jamiyatga integratsiyalashuvi uchun keng sharoitlar yaratish.

Bunga ko‘ra, Ozarbayjon davlat televideniesining dasturlari, filmlari va video materiallari subtitrlar va imo-ishora tili tarjimonlarini joriy etish rejalashtirgan.

Ko‘pincha rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda imo-ishora tiliga rasmiy til maqomi berilgan. Jamiyatimiz rahbarlari hukumatga aniq taklif bilan chiqishganmi, bilmayman. Lekin mustaqillikka erishganimizga chorak asrdan ko‘proq vaqt o‘tdi, na imo-ishoraga rasmiy til maqomi berildi, na O‘zbekiston davlat televideniyesiga subtitrlar kiritildi!.. Nega bizda eshitishida nuqsoni bo‘lgan insonlarga ma’lumot olish uchun teng imkoniyat yaratilmagan? Biz ham huquqlarimizni qachon talab qilamiz?

Manba: https://sof.uz/post/imo-ishoraga-ham-rasmiy-til-maqomi-beriladimi

Author: mamur

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan