Iste’dodlar hech qachon unutilmaydi

Tahminan 10–12 yil oldin hali bizda internet va aloqa uncha yaxshi rivojlanmagandi. AQSHga ko‘chib ketgan sinfdoshim uning otasi Anvar aka sinfdoshi va yaqin do‘sti bo‘lgan Habibulla Abdullayevni qidirayotgani, iloji bo‘lsa manzili yoki kontaktini topib berishimni iltimos qildi. Ijtimoiy tarmoqqa kirib qidiruv berdim, Habibulla Abdullayev degan bir nechtasi chiqdi, lekin mendagi ma’lumotga tug‘ilgan yili to‘g‘ri kelmadi. Namangan viloyatidan bo‘lgani uchun ishxonamdagi vodiylik hamkasblardan surishtirdim. Bittasi tanishlari orqali telefon raqamini topib berdi. Darrov hamkasbim orqali qo‘ng‘iroq qilib bog‘landim, Habibulla aka zaif eshituvchi bo‘lgani uchun go‘shakni o‘zi ko‘tardi. O‘zimizni tanishtirib, AQSHdan sinfdoshi so‘rayotganini aytdik. U kishi eshitib xursandligini yashirmadi. Ayni damda O‘zbekiston karlar jamiyatining Namangan viloyati bo‘limi raisi bo‘lib ishlab kelayotganini aytar ekan, sinfdoshi Anvarga salomini yetkazishimni, iloji bo‘lsa kontaktini berishim mumkinligi, Anvardan qo‘ng‘irog‘ini kutishini aytdi.

Habibulla Abdullayevning yoshlik davri

Anvar aka har ikki-uch yilda O‘zbekistonga singlisi va jiyanlarini ko‘rish uchun kelardi, kelganida albatta Habibulla akani va boshqa do‘stlaridan xabar olishga borardi. Lekin Habibulla akaga boshqacha mehr bilan qarardiki, kelganida u bilan albatta uchrashishni mo‘ljallardi. Negaki ikkovi nafaqat sinfdosh, shu bilan birga uzoq yil voleyboldagi jamoadoshi hamdir. Birga ko‘plab musobaqalarda qatnashgani, g‘olib va sovrindor bo‘lganini ko‘p gapirardi. Habibulla aka jamoaning lideri bo‘lib, do‘stlari bilan ahil, ko‘pchilikni hurmatini qozongan inson, deya maqtardi. Bunday insonlar bilan uchrashish niyatim borligini, jamiyatda bloger va jurnalist bo‘lganim uchun, u kishidan intervyu olishni mo‘ljallagan edim. Ammo…

Yaqinda O‘zbekiston karlar sport federatsiyasi rahbari Dilbar Karimova telegramda jamiyatning faol a’zosi, faxriy sportchisi Habibulla aka bu foniy dunyoni tark etganini yozganida yuragim ezildi. O‘sha kuni kechasi Anvar aka AQSHdan WhatsApp orqali videoaloqaga chiqdi va u kishi ham yaqin do‘stidan ayrilganini aytdi. Habibulla Abdullayev jamiyatimiz faxriysi, ko‘p yillar jamiyatimizda sportning voleybol turidan murabbiylik qilgan Muqim aka Karimovning sevimli shogirdlaridan biri bo‘lgan. U nafaqat yaxshi shogird, shu bilan birga maktabda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bo‘lib, ko‘plab yoshlarning murabbiyi hamdir. Habibulla aka tahminan 4-yil oldin Haj ibodatini ado etgan edi. Maktab davridan tortib, yoshlik, sport musobaqalari, maktabda murabbiylik, sobiq ittifoq mamlakatining parchalanishidan keyingi o‘zgarishlar, jamiyatda rahbarlik va Hajga tashrifi kabi ko‘plab hikoya va fikrlari men uchun qiziq edi. Negaki jamiyatimizning faol a’zolaridan intervyu olish, ularni to‘plab kitob chiqarishni rejamga kiritgan edim. Habibulla hoji akaga o‘xshagan shaxsdan intervyu olish men uchun qimmatbaho xazinaga teng edi. Afsuski shulardan bittasini yo‘qotdim.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Xabibulla hoji Toshkentga shaxsiy ishi bilan kelgan va bir necha kun poytaxtda bo‘lgan. Uning sog‘lig‘ida muammo bo‘lmagan, sog‘lom edi, to‘satdan yuragi to‘xtab qolgan.

Namangan karlar jamiyati bo‘limi raisi, sobiq sportchi, karlar tarkibida O‘zbekiston milliy termasi a’zosi Abdullayev Xabibulla Ubaydullayevichning nomi qalbimizda va O‘zbekiston karlar jamiyati tarixida abadiy yashaydi.

Xabibulla Abdullayev haqida ma’lumot:

15.02.1948 – 26.09.2020

Xabibulla Ubaydullayevich Namangan viloyatining katta bo‘lmagan Uchqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan. U ota-onasining uyida yashagan, keyinchalik ularning ko‘chasi otasi Ubaydulla Abdullayev sharafiga nomlangan.

1955-yildan 1967-yilgacha Toshkent shahridagi zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida(hozirda 102-sonli maktab-internat) o‘qigan. Sport bilan faol shug‘ullangan.

1964-yildan sportchi sifatida karlar jamiyatiga a’zosi bo‘lib, musobaqalarda ishtirok etdi. U voleybol bo‘yicha O‘zKJ jamoasining a’zosi.

1967-yildan 1969-yilgacha Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on shahridagi 5-sonli o‘rta maktabda o‘qib, to‘liq o‘rta ma’lumot to‘g‘risida guvohnoma oldi.

1969-yildan 1973-yilgacha Namangan pedagogika instituti jismoniy tarbiya va sport fakulteti talabasi.

Diplom bo‘yicha mutaxassisligi – «jismoniy tarbiya o‘qituvchisi».

1973-2003-yillar Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on shahridagi kar bolalar uchun ixtisoslashgan 46-sonli maktab-internatida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi.

2004-yildan hayotining so‘nggi kunigacha – O‘zKJ Namangan viloyat bo‘limi raisi bo‘lib ishlab kelgan.

Namangan viloyat karlar jamiyati bo‘limi raisi sifatida u bir necha bor O‘zbekiston karlar jamiyatining Respublika qurultoyiga delegat etib saylangan.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 22-yilligi munosabati bilan «Mustaqillik» medali bilan taqdirlangan. Oilaviy ahvoli – uylangan, 4 nafar farzandi bor

Author: mamur

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan