«Sharoit plyus» nodavlat notijorat tashkiloti 3 yoshda

Nogironligi bor shaxslar ham jamiyatimizning bir qismi hisoblanib, ular orasida faollari ham ko‘p. Eng qizig‘i, ayrimlari to‘rt muchasi sog‘lom insonlar qila olmagan ishlarni ham qila olganiga ko‘p bor guvoh bo‘lganmiz. Ma’lumki ularni faqat qo‘llab-quvvatlash bilan ish bitmaydi, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun birinchi navbatda yaxshi sharoit, sifatli xizmatni yo‘lga qo‘yish kerak. Shahar markazlaridan tashqari eng chekka hududlarda yashayotgan nogironlarga ham teng sharoit va e’tibor qaratish, ta’sirli reklama roliklar olib, odamlarimizning nogironlarga bo‘lgan dunyoqarashini o‘zgartirishimiz lozim.

Rivojlangan mamlakatlar bilan solishtirsak, hali bizda nogironlar uchun qilinishi kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘pligiga guvoh bo‘lamiz. Mamlakatimizda ko‘pchilik nogironligi bo‘lgan shaxsni ro‘parasida uchratsa, darrov rahmi kelib, cho‘ntagini kovlaydi. Bu ko‘pchilik nogironlarga yoqmaydi, o‘zlarini kamsitilgandek his qilishadi. Negaki yurtimizda ko‘pchilik bizga boshqacha qaraydi, odamlarimizning dunyoqarashi boshqacha. Shularni ustida ishlashimiz, ya’ni imkoniyati cheklangan insonlar uchu qulay sharoit, sifatli xizmat, yaxshi ish joylar yaratishimiz juda muhim. Shundagina mamlakatimiz rivojlangan mamlakatlar bilan tenglasha oladi.

BMT Bosh Assambleyasining 47/3 raqamli qaroriga binoan, 1992-yilning 3-dekabr sanasi Xalqaro nogironlar kuni deb belgilangan. Endi har yili ushbu sanani dunyoning turli burchaklarida keng nishonlab, nogironlarni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan turli xil tadbirlar o‘tkazib kelinadi. Kuni kecha «Sharoit plyus» nodavlat notijorat tashkiloti nogironligi bor shaxslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida va tashkilotning 3 yoshi munosabati bilan tadbir tashkil etib, ular uchun bayram dasturxoni yozdi. Ulug‘bek Rahmatullayev, Yorqinxo‘ja Umarov, Karen Gafurjanov va boshqa san’atkorlarimizning chiqishlari, eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning imo-ishorada qo‘shiqlari davrani rang barangligini ta’minladi. Tadbirda faol ishtirok etganlarga «Sharoit plyus» nodavlat notijorat tashkilotining tashakkurnomalari va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi. «Sharoit plyus» nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Muhabbat Rahimova so‘zga chiqib, tashkilotning 3 yoshi, shu yillar davomida biz bilan birga yelkama-yelka mehnat qilganganlarimiz samarasi bilan shu yerga to‘planganimizdan xursandligini aytar ekan, tadbirga tashrif buyurgan va unda faol ishtirok etgan barchaga minnatdorchilik bildirdi.

Author: mamur

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan