TAILANDDAN XUSHXABAR!

Xabaringiz bo‘lsa 26 noyabrdan 3 dekabrga qadar Tailand poytaxti Bangkok shahrida 18 yoshgacha bo‘lgan eshitishida nuqsoni bo‘lganlar o‘rtasida futzal bo‘yicha birinchi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi munosib ishtirok etib, eng yuqori marraga ko‘tarildi.

Ushbu turnirda jami 8 jamoa ishtirok etdi. Unda quyidagi jamoalar ikki guruhga bo‘linishdi:

A guruhi: Tailand, Qozog‘iston, Rossiya Federatsiyasi, Germaniya

B guruhi: Shvetsiya, O‘zbekiston, Indoneziya, Kivayt

Terma jamoamiz dastlabki o‘yinni guruh vaforiti Shvetsiya terma jamoasi bilan kuch sinashdi. Murosasiz kechgan baxsda Yevropa vakillarini 3:5 hisobida mag‘lub etishdi. Ikkinchi o‘yinda Indoneziya terma jamoasi bilan o‘ynab, 17:2 hisobida ustun keldi. Guruhdagi so‘nggi o‘yinni Kuvayt terma jamoasi bilan o‘tkazgan termamiz hech qanday imkoniyat qoldirmasdan 9:2 hisobida g‘alaba qozonishdi va guruhda 100 foiz natija bilan yarim finalga yo‘llanma olishdi. Yarim finalda Rossiya terma jamoasi bilan ro‘baro‘ kelishdi. Ushbu o‘yingacha termamiz ikki yetakchi o‘yinchisidan ayrilganiga qaramay 3:2 hisobida g‘alaba qozonishdi. Ikkinchi yarim finalda Germaniya va Shvetsiya terma jamoalari o‘rtasida kechgan o‘yinda 1:2 hisobi bilan Shvetsiya termasi finalga yo‘l oldi.

Birinchi o‘yinni Shvetsiya termasi bilan o‘tkazgan termamiz finalni ham aynan ular bilan o‘tkazishdi. Final murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi, birinchi taymda 0:1 hisobida boy berilishiga qaramay ikkinchi taymda kuch topa olishdi va 4:2 hisobida irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Turnirning maxsus sovrinlarini Shvetsiya termasi bilan bo‘lishdi. «Eng yaxshi darvozabon», «eng yaxshi to‘purar va hujumchi» termamizga nasib qilgan bo‘lsa, qolgan ikki sovrin – «eng yaxshi himoyachi» va «eng yaxshi yarim himoyachi» Shvetsiya termasi o‘yinchilariga topshirildi.

Shunday qilib 18 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida o‘tkazilgan turnirning oltin medallari O‘zbekistonni xush ko‘rdi. Terma jamoamiz oltin medallarni qo‘lga kiritib, turnirning ilk g‘olibi sifatida tarixda qoladigan bo‘lishdi. Termamizni yoshini hisobga oladigan bo‘lsak, kelajakda ularni bunday ulkan musobaqalarning ko‘pi kutib turibdi. Yoshlarimizga kelajakda ham faqat yuqori pog‘onalarni egallashini tilab qolamiz!

Be the first to comment on "TAILANDDAN XUSHXABAR!"

Leave a comment

Your email address will not be published.


*