Barcha muammolarni chetlab o‘tgan bayram

Joriy yilning 21-may sanasi O‘zbekiston Karlar jamiyati tashkil etilganiga 90 yil to‘lgan edi. Tadbir ayrim sabablarga ko‘ra 17-sentabrga ko‘chirildi. Karlar madaniyat markazida ushbu qutlug‘ sana sharafiga bag‘ishlab jamiyatimiz a’zolari ishtirokida konsert dasturi uyushtirildi. Madaniyat saroyi konsert zali jamiyatimizning yoshu, keksa a’zolari bilan liq to‘ldi. Sharlar bilan kamtarona va chiroyli bezalgan zal ko‘zni quvontirdi.

Konsert dasturidan so‘ng 500 kishiga bayram dasturxoni yozildi va osh tarqatildi. Karlar jamiyatining nafaqaga chiqqan faol a’zloariga estalik sovg‘alar ulashildi. Shuningdek, jamiyatda uzoq yildan beri ishlab kelayotgan turli soha vakillari faxriy yorliq bilan taqdirlanishdi. Barcha yig‘ilib, bir inoq oiladek yuzida tabassum bilan bayramni yuqori kayfiyatda kutib olishdi. Bunday yubiley tadbir har safar ham o‘tkazilavermaydi. Barcha o‘z tashvishi bilan band, kimdir oilasi tashvishida, kimdir ish tashvishi bilan. Bayram kuni hammasini yig‘ishtirib, karlar madaniyat markazida to‘planishdi va barcha tashvishlar unutilib, faqat xursandchilik bilan kutib olindi. Jamiyat shu 90 yil ichida qandaydir yutuqlarga erishdi, qandaydir qiyinchilikni boshdan o‘tkazdi. Bunda har bir jamiyat a’zosining o‘z o‘rni bor. Ishonamizki yaqin o‘n yil ichida, ya’ni jamiyatimizning 100 yillik shodiyonasi ko‘tarinki ruhda o‘tadi. Keyingi yubiley sanalarga ham shunday quvonchli kunlarga yetkazsin. Bayram muborak!

Author: mamur

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan