Bolajonlar uchun unutilmas tadbir

Yangi yil arafasida bolajonlar qisqa muddatga ta’tilga chiqishadi, ota-onaning vazifasi farzandlariga ta’tilni ko‘ngildagiday o‘tkazishni tashkil qilish, bo‘sh vaqtini maroqli o‘tkazish bo‘ladi. Manashularni hisobga olib Karlar madaniyat markazi hamda Yoshlar ittifoqi huzurida «Mehrli qo‘llar» jamg‘armasi xomiylarning ko‘magi bilan bayram dasturxoni tashkil etishdi.

Bayram arafasida bahonada kimdir kimni xursand qiladi. Yangi yil munosabati bilan korxona va tashkilotlar kimgadir sovg‘a ulashadi, kimgadir biror tadbir o‘tkazishga xomiylik yordami ko‘rsatishadi. Oramizda shunday sahovatpesha insonlar borki, ular kam ta’minlangan, imkoniyati cheklangan insonlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik qilishga oshiqadi. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimdek, ana shunday tadbirni tashkillashtirib, eshitishida nuqsoni bo‘lgan jamiyatimiz bolajonlarini bayram dasturxoniga taklif etishdi va ularni ko‘nglini ko‘tarish uchun turli xil ertak qahramonlari ishtirokida o‘yinlar uyushtirishdi. Bolajonlarga surdo tarjimonlari ko‘maklashdi, ular turli o‘yinlarda qatnashib, imo-ishorada she’rlar aytishdi.

To‘g‘ri, bu tadbir faqat poytaxtda tashkil etildi. Istardimki viloyatlarda ham shunday tadbirlarni keng nishonlashni sahovatpesha insonlarimiz tashkil etishsa nur ustiga a’lo nur bo‘lar edi. Har bir bola baxtli hayot kechirishga, bolalik damlari qiziqarli xotiralarga boy bo‘lishiga haqli. Keling, tadbirkormisiz, ota-onamisiz, farzandlarimizning ta’tilini maroqli o‘tkazishga hissa qo‘shaylik. Bayramni tashkillashtirishga homiylik qilgan tadbirkorga, poytaxtdagi «Friends» kafesiga, Karlar madaniyat markazi, «Mehrli qo‘llar» jamg‘armasi va surdo tarjimonlariga www.uzsd.uz blogi nomidan o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Barchangizga kirib kelayotgan 2020-yil muborak bo‘lsin!

Author: mamur

1 thought on “Bolajonlar uchun unutilmas tadbir

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan