Blog muallifi

Ahliddinov Mamurjon Rustamqulovich 1979-yil 13-yanvarda Chimkent viloyati Ettisoy tumanida (Qozog‘iston Respublikasi) dunyoga kelgan.

5 yoshida O‘zbekiston Respublikasiga ko‘chib, Jizzax viloyati Zafarobod tumanida yashay boshlagan. Tumandagi Alisher Navoiy nomidagi 2-o‘rta maktabning birinchi sinfida 2-3 oy o‘qib, kasal bo‘lib, aniqrog‘i eshitmay qolgani tufayli o‘qishni davom ettira olmagan. Kasallik bedavo bo‘lgani aniqlangach, ikkinchi sinfdan Toshkent shahridagi 102-sonli zaif eshituvchi bolalar maxsus maktab-internatida o‘qishni davom ettirgan. Ushbu maktabni 10 sinfigacha o‘qib tugatgan. 1997 yili Toshkent shahridagi Ijtimoiy ta’minot vazirligiga qarashli RHTBYUga o‘qishga kirib, 1999 yili to‘liq kurslarini tugatgan. Soha bo‘yicha radio-teleapparaturalarni ta‘mirlovchi mexanik.

RHTBYUda o‘qigan paytlari eshitishida nuqsoni bo‘lgan insonlar uchun ta’lim olishga sharoit bo‘lmagani tufayli o‘qishni to‘liq o‘zlashtirishni imkoni bo‘lmagan. O‘qishni tugatib 1999—2001-yillar Jizzax viloyati Zafarobod tumanida suratkashlik(fotograf) bo‘lib ish boshlagan.

2001-yili poytaxt Toshkentga ko‘chib kelgan. Barcha qatori boshida poytaxt hayotiga ko‘nikish qiyin bo‘lgan, shunga qaramay asta-sekinlik bilan o‘z o‘rnini topib olgan. Mehnat faoliyatini 2001 yilda «Ma’rifat-Madadkor» nashriyotida operator-teruvchi, verstkachilikdan boshlagan. Keyinchalik «Ma’rifat»-«Учитель Узбекистана» gazetalarida dizayner, «Ma’rifat-Press» MCHJda sahifalovchi-dizayner, «Ta’lim-Media» MCHJda sahifalovchi-dizayner, «Til va adabiyot»(Преподавание языка и литературы) va «Pedagog minbari»(Трибуна педагога) jurnallarida bosh dizayner vazifalarida ishlab kelgan.

Gazeta va jurnallar tahririyatida verstka va dizayn ishlari bilan shug‘ullanib, tajribali jurnalistlardan jurnalistikaning sirlarini ham o‘rgangan. Jurnalistikaga qiziqib, matbuotda maqolalari bilan chiqib turgan. Maqolalarning asosiy qismi respublikamiz matbuotida kamdan-kam chop etiladigan eshitishida nuqsoni bo‘lgan insonlarning ta’limi, ular uchun ilm-fanda kashf etilayotgan yangiliklar, karlar jamiyatining faol a’zolari haqida chop etilgan.

Jumladan, 2011 yili «На высоте благородного призвания» (Учитель Узбекистана 13.12. №51 (2186) Алевтина Лобанова bilan hamkorlikda, «Subtitr — imkoniyati cheklanganga ko‘mak» (Ma’rifat 28.05. №43 (8380), 2013 yili «Талант и целеустремленность» (Учитель Узбекистана 29.11. №48 (2287), «Jahon chempionining asosiy maqsadi kuchli shaxmatchilarni kamolga yetkazish» (Ma’rifat 4.12. №96 (8641), 2014 yili «Дружат со спортом» (Учитель Узбекистана 6.12. №49 (2340), «Koxlear implantatsiyasi eshitish qobiliyati tiklanishiga yordam beradi(mi?)» (Ma’rifat 29.11. №96 (8745), «Kelajakni o‘ylagan sardor» (Ma’rifat 3.12. №97 (8746), «Xalqaro grant sohibi» (Turkiston 3.12. №97 (15839), 2015 yili «С почтением к наставникам» (Учитель Узбекистана 9.10. №41 (2384), «Bir finjon qahva veb-kameraning yaratilishi va ommalashuviga sabab bo‘lgan» (Ma’rifat 16.12. №100 (8853), «Говорящие руки» — залог качественного образования» (Boshlang‘ich ta’lim 18.08. №8), 2016 yili «Образование для всех» (Учитель Узбекистана 8.07. №28 (2423), 2017 yili «Школа — незабываемый наш дом» (Учитель Узбекистана 2.06. №22 (2469).

2001-yildan O‘zbekiston Respublikasi Karlar jamiyati a’zosi. 2016-2017 yili AQSHning Nyu York shahridagi LaGuardia Community College ta’lim dargohida ingliz tili va amerika imo-ishorasi kurslarida qatnashgan.

2017-yilning sentabr oyidan uzsd.uz blogi muallifi.

2018-yilning yanvaridan «Maktabgacha ta’lim metodikasi va nazariyasi» jurnali tahririyatida Matbaa bo‘limi mudiri-bosh dizayner lavozimida ishlab kelmoqda.

2019-yildan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi (sirtqi).

Oilali, 2 nafar farzani bor.

Author: mamur

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan